So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Mustaqil komissiya Poʻlat Shamshetovning oʻlimi yuzasidan tekshiruv oʻtkazadi
45 yoshli Polat Shamshetov oʻtgan yilning iyul oyida Qoraqalpogʻistonda yuz bergan voqealardan keyin hibsda saqlanayotgan edi.

Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslardan biri Poʻlat Shamshetov kecha tongda tergov hibsxonasida yurak xurujidan vafot etdi.
Mazkur holat boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzolari joriy yilning 6-fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, oʻlim holati sabablarini, jumladan hibsxonadagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy hulosa va boshqa tegishli hujjatlarni oʻrganishadi.
Shuningdek, marhum bilan bitta kamerada boʻlgan shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat oʻtkaziladi.
“Oʻrganish natijalari haqida jamoatchilik xabardor qilinishi maʼlum qilinadi. Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga Komissiya aʼzolari nomidan taʼziya izhor etamiz”, — deyiladi munosabatda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sobiq boʻlim boshligʻi, marhum Poʻlat Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga chaqirgani va oʻzi ham namoyishlarda faol ishtirok etgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.



