So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
76 minglik suzma, 450 ming soʻmlik qulupnay va bir finjoni 45 ming turadigan choy va qaxvalar — ruslarga atalgan ziyofat qanchaga tushdi?
Avvalroq Senatning 25 kishilik tushligi uchun 60 million 375 ming soʻm sarflagani xabar qilingandi.
.jpg)
2022-yilning eng esda qolarli 70 ming soʻmlik somsa tortilgan ziyofat, yaʼni Toshkentda oʻtkazilgan Investitsiya forumi xarajatlari oʻzbek segmentida juda koʻp muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
Oʻshanda tadbirni oʻtkazish uchun davlat byudjetidan bor-yoʻgʻi 1,5 mln dollarga yaqin pul sarflangan. Birgina “Sky Events” MCHJga forumni tashkillashtirish xarajatlari uchun 7 mlrd 264 mln soʻm oʻtkazib berilgan.
Taomlar uchun 2 mlrd 585 mln soʻm Akfa Dream Worldʻga, zal ijarasi va taomlar uchun xuddi shu kompaniyaga yana 253 mln soʻm oʻtkazilgan.
Endi 2022-yilning noyabr oyiga qaytamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Devoni birgina Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi Vyachaslav Volodinning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan 151, 8 mln soʻm xarajat qilgan. Yetkazib beruvchi yana oʻsha Sherzod Bobonazovga tegishli “Sky events” MCHJ.
Ziyofatga ajratilgan 151 mln soʻmdan, 128 mln soʻmi ularning sharafiga tashkil etilgan 70 kishilik ziyofat dasturxoniga sarflangan. Noz neʼmatlar qatoridan 76 ming soʻmlik suzma, likopchasi 450 ming soʻmlik qulupnay va malinalar, bir finjoni 45 ming turadigan choy va qaxvalar oʻrin olgan.
Ikkinchi ovqatga esa bir necha turdagi taomlardan buyurtma qilinganini koʻrish mumkin. Bular xamir xasip, doʻlma, qovoqli va goʻshtli manti, sabzavotlar bilan tortilgan losos baligʻi va palov.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Senatning 25 kishilik tushligi uchun 60 million 375 ming soʻm sarflagani xabar qilingandi.




Izohlar 2

Сабриддин
2023-Feb-05 23:12