So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xitoy “aygʻoqchi” sharni urib tushirgan AQSHga norozilik bildirdi
Xitoy tomoni Amerikaga havo shari fuqarolik obyekti ekanligi va fors-major holatlari tufayli AQSH havo hududiga kirganligi haqida bir necha bor xabardor qilgan.
Pekin AQSH oʻz hududi uzra Xitoy havo sharini urib tushirgani munosabati bilan Vashingtonga norozilik bildirdi, deb xabar qildi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.
“Xitoy Qoʻshma Shtatlar tomonidan fuqarolik uchuvchisiz havo shariga kuch ishlatib hujum qilganidan norozilik bildirdi», — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, Xitoy tomoni Amerikaga havo shari fuqarolik obyekti ekanligi va fors-major holatlari tufayli AQSH havo hududiga kirganligi haqida bir necha bor xabardor qilgan.
“Pentagon havo shari harbiy yoki boshqa xavf tugʻdirmaganini tan oldi. Shunga qaramay, Amerika tomoni xalqaro amaliyotni jiddiy buzgan holda kuch ishlatishni talab qildi”, - deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Xitoy zarar koʻrgan korxonalarning huquq va manfaatlarini qatʼiy himoya qiladi, shu bilan birga keyingi zarur javob choralarini koʻrish huquqini saqlab qoladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH harbiylari AQSH hududi ustida aniqlangan Xitoy havo sharini urib tushirgani haqida xabar berilgandi.
b tushirgan AQSHga norozilik bildirdi
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir