So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Putin Zelenskiyni oʻldirmaslikka vaʼda bergan
Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet Rossiya prezidenti bilan boʻlgan maxfiy suhbat tafsilotlarini ochiqladi.

Isroilning sobiq bosh vaziri Naftali Bennet Rossiya prezidenti Vladimir Putinning urushning dastlabki kunlarida bergan vaʼdasini esladi.
Sobiq bosh vazirning aytishicha, u ikki tomon oʻrtasida tinchlik kelishuviga erishishga yordam berish maqsadida 2022-yil mart oyi boshida Moskvaga borgan.
Garchi Bennet jangovar harakatlarni tugatishga yordam bera olmasada, u Putindan oʻsha vaqtda bunkerda yashirinib oʻtirgan Zelenskiyni oʻldirmaslikka vaʼda berishni soʻragan.
Putin Bennettga “Men Zelenskiyni oʻldirmayman”, deb ishontirgan.
Bennett unga javoban: “Menga Zelenskiyni oʻldirmaslikka soʻz bering” deb yana bir marotaba soʻragan va Putin bunday qilmaslikka soʻz bergan.
Bennett Kremldan aeroportga ketayotgan vaqtida Zelenskiyga bogʻlanib, unga oʻlim tahdidi ostida emasligini aytgan.
“Ishonchingiz komilmi?” - deb soʻragan Zelenskiy.
“Yuz foiz”, deb javob bergan Bennett.
“Ushbu qoʻngʻiroqdan bir necha soat ichida Zelenskiy oʻz kabinetiga qaytib, qoʻrqmasligini tushuntirib video suratga oldi”, dedi Bennett.
U Moskvaga Zelenskiyning iltimosiga binoan urushni tugatish boʻyicha kelishuvga erishish maqsadida borganini aytdi.
“Biz Isroildan qozoq hududi orqali mutlaq yashirin reja asosida oʻtdik... chunki biz Qora dengiz ustidan ucha olmadik. Yoʻlda biz ibodat qildik va Shabbat sharobiga duo qildik, bu juda hayajonli edi”, — dedi Bennett.
Moskvaga boʻlgan tashrifdan soʻng, ular Berlinda kansler Olaf Shols bilan uchrashishgan. Soʻngra birgalikda Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSHga tashrif buyurishgan.



