So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi
Avtokran haydovchisi ushbu voqea natijasida tanasining turli qismlaridan tan jarohat olgan. Natijada...
Toshkent viloyati Parkent tumanida avtokran mashinisti baxtsiz voqea natijasida vafot etdi. Bu haqda Effect.uzʻga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 2-fevral kuni soat taxminan 10:50larda Parkent tumani Zarkent qishlogʻida joylashgan “Zarkent ota” ziyoratgohi roʻparasidagi koʻprik qurilishida ishlayotgan “Yoʻl qurilish” MCHJda kran haydovchisi A.S.A. boshqarayotgan yuk krani koʻprik uchun moʻljallangan beton plitani koʻtarayotgan vaqtda, agʻdarilib ketgan. Natijada kran boshqaruvchisi S.A.A tan jaroxati olib Parkent tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilgan.
Parkent tumani tibbiyot birlashmasining №64-sonli maʼlumotnomasiga koʻra, S.A.A tanasida BMCH, BMYOJ, umurtqa pogʻonasi koʻkrak bel qismi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi, koʻkrak qafasi qorin toʻmtoq jaroxati, oʻng tomon pnevmotoraks, travmatik shok kabi tan jaroxatlari borligi aniqlan.
Olib borilgan tibbiy yordam muolajalariga qarpmay S.A.A olgan tan jaroxatlari bilan tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur xolat yuzasidan Parkent tumani IIB xuzuridagi tergov boʻlimi tomonidan JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov xarakatlariga kirishilgan.