So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Birinchi navbatda aholini energiya resurslari bilan taʼminlash boʻyicha barcha choralar koʻriladi – Toʻra Bobolov

Surxondaryo viloyat hokimi Toʻra Bobolov rahbarligida navbatdagi videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi va kun tartibida aholiga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish, 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholini energiya resurslari bilan taʼminlash, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 435-sonli qarori ijrosi, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Viloyatda 2021-2022-yillarda uy-joy sotib olish uchun aholiga 3 ming 493 ta subsidiya ajratish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 2 ming 630 tasiga subsidiya ajratilgan. Bu boradagi ishlar joriy yilda viloyat boʻyicha 65 foizga bajarilgan. Viloyat rahbari aholining uy-joyga muhtoj qatlamiga subsidiya ajratish, tizimning adolatli va shaffof ishlashini taʼminlash lozimligini taʼkidladi va masʼullarga tegishli koʻrsatmalarni berdi.
Prezidentning 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-son qaroriga asosan Surxondaryo viloyatidagi 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan 532 ta tadbir amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, viloyat Kengashi qarori bilan amalga oshiriladigan tadbirlar 538 taga oshirildi. Bugungi kunda mazkur qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar, ichki yoʻllar taʼmiri, ichimlik suvi, elektr-energiya va gaz taʼminoti, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa obyektlarda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha masʼullar hisoboti tinglandi. Viloyat rahbari bu borada masʼullarning ishi qoniqarsiz ekanligini, belgilangan chora-tadbirlar hamda vazifalarni oʻz muddatida va sifatli bajarish lozimligini taʼkidladi.
Shuningdek, viloyat hokimi bugungi kunda eng dolzarb masala boʻlib turgan elektr energiyasi taʼminoti, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 435-sonli qaroriga asosan mahallalarda elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayogan ishlarni muhokama qildi.
Qarorga asosan viloyatning shahar va tumanlaridan tanlab olingan ogʻir hudud toifasidagi mahallalarda 120,9 km elektr tarmoqlari tortish, 41 dona transformator punktlarini tashkil etish belgilangan. Bugungi kunda elektr tarmoqlarini tortish ishlari sust olib borilayotganligini, transformator punktlarini oʻrnatish ishlari ham oxiriga yetkazilmaganligi tanqid qilindi. Viloyat hokimi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va boshqa masʼullarga aholiga elektr energiya yetkazib berish barqarorligini taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralarni koʻrish, bu borada viloyat hokimligida tashkil etilgan shtab tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab berildi.
Yigʻilishda shuningdek, doimiy koʻrib borilishi belgilangan, 2022-2023-yil qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi muhokama qilindi.
Hududlar va boshqarmalar kesimida zaxiralarning yaratilishi tahlil qilindi. Termiz shahri, Muzrabot, Qiziriq, Oltinsoy, Sherobod tumanlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi viloyat koʻrsatkichi boʻlgan 97 foizdan past ekanligi tanqid qilinib, masʼullarga xato va kamchiliklari koʻrsatib oʻtildi va kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan prognoz koʻrsatkichlarni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, yigʻilish davomida kun tartibidan oʻrin olgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqilib, masʼullarga tegishli vazifa va topshiriqlar hamda ularning ijro muddatlari aniq belgilab berildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati




Izohlar 1
