Qidirish

21:37 / 2023-02-04 369 0 Siyosat

Oʻzbekistondan Afgʻonistonga yuk tashish nega toʻxtatildi?

Temir yoʻl orqali yuk tashish toʻxtatilgan biroq, “Sogdiana trans” SHK tadbirkorlarga yuk mashinalarida yuklarni tashishni tavsiya qilgan, ammo afgʻon tomoni tadbirkorlarga buni maslahat bermagan.

world-news

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Afgʻonistonga yuklarni tashish toʻxtatilganiga izoh berdi.

Soʻnggi kunlarda, 2022-yil dekabr oyida Afgʻonistonning maxsus komissiyasi bilan koʻrib chiqilib, kelishilgan “Sogdiana trans” SHK va Afgʻoniston temir yoʻllari oʻrtasidagi yangi shartnoma shartlarini Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi rahbari tomonidan yangitdan sharhlanishi va bunda ommaviy axborot vositalarida tomonini ayblashga harakat qilayotganayotgani hamda kelishilgan xizmat qiymatlarini boshqacha talqin qilib oʻzini oqlash uchun foydalanayotgani tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

Taʼkidlash joizki, Afgʻoniston tomonidan Xayraton stansiyasida amalga oshirishi lozim boʻlgan texnik ishlarini, oʻzlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshira olmagani toʻgʻrisida xech qanday tushuntirish berilmayapti”, — deyiladi izohda.

Xayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni boʻshatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi “Mansor Fateh” kompaniyasini bilan shartnoma imzolagani toʻgʻrisida maʼlumot tarqatilgan edi.

Afsuski, ushbu tashqiqot 31-yanvarga qadar Xayraton stansiyasida kelishilgan muddatda ishlarni tashkillishtirishga ulgurmagan.

Bundan tashqari “Sogdiana trans” SHK tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularni qoʻllab quvvatlash maqsadida vaqtinchalik avtomobil transporti orqali yuklar tashuvini tashkillashtirishda yordam berishiga qaramay, qoʻshni davlat tomoni tadbirkorlarga yuklarni avtomobil transporti orqali tashimaslik toʻgʻrisida tavsiya bergan.

Shu bilan birga, Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga koʻra keyingi xafta boshida Termiz shahrida Afgʻonistonga temir yoʻl orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Xayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish boʻyicha “Sogdiana trans” SHK Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi oʻrtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Shartnoma imzolangan kundan boshlab Gʻalaba – Xayraton temir yoʻli ochilishi haqidagi yangiliklarni maʼlum qilamiz”, — deb qoʻshimcha qilindi xabarda.

Izohlar 0

Fikr bildirish