So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Hayfsan”, prokuror tekshiruvi va rahbarlar “uchishi” — Qosimov Shoʻrchida boʻldi
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda viloyat rahbari Shoʻrchida tartib oʻrnata olmagan masʼullarni ayab oʻtirmadi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov yuqori turuvchi organlarga Shoʻrchi tumanida bir nechta masʼullarning faoliyatini oʻrganib chiqib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hokimlik matbuot xizmatining eslatishicha, Qosimov 18-yanvar kuni Shoʻrchi tumaniga tashrifi davomida qurilish ishlari, bozordagi holatlar tanqid qilinib, tumanda viloyat hokimining oʻrinbosari rahbarligida shtab tuzish, 10 kun muddatda ishlarni sifatli tashkil etish, tuman dehqon va buyum bozorlarini tartibga keltirish boʻyicha topshiriqlar belgilab bergan.
Bugun Shoʻrchi tumanida ushbu shtab tomonidan amalga oshirilgan ishlar, viloyatda qurilish sohasidagi muammolar soha masʼullari va yirik qurilish tashkilotlari vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
Qosimov Shoʻrchi tumani dehqon bozoridagi kamchiliklarni bartaraf etish chorasini koʻrmaganligi, oʻz lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun bozor rahbari vazifasidan ozod etildi va tuman prokuroridan bozor masʼullari faoliyatini oʻrganib chiqib, qonuniy baho berishni soʻradi.
Belgilab berilgan topshiriqlar ijrosiga “panja” ortidan qarab, oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshganligi uchun tuman SES, Toza hudud DUK, Elektr tarmoqlari korxonasi, 94-sonli oilaviy poliklinika rahbarlari hamda 65-sonli maktab direktori faoliyatini oʻrganib, lavozimiga loyiqlik masalasini koʻrib chiqish boʻyicha yuqori turuvchi organlariga topshiriqlar berildi.
Shoʻrchi tumanida qurilish sohasidagi ishlarni nazoratga olmaganligi va sifatli amalga oshirilishini taʼminlamaganligi uchun tuman hokimining qurilish sohasiga masʼul oʻrinbosariga “hayfsan” intizomiy jazosi berildi.
Shuningdek, oʻrganishlar mobaynida viloyatda olib borilayotgan ayrim qurilish ishlari talab darajasida emasligi, pudratchi tashkilotlar tomonidan sifatsiz, arzon va aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan qurilish materiallaridan foydalanilayotganligi tanqid qilindi.
Viloyat hokimi, shahar va tumanlar hokimlari hamda qurilish sohasi masʼullariga aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joylar qurilishini jadallashtirish, turar-joylar qurilishi rejalashtirilgan maydonlarni auksion savdolariga chiqarish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash, yoʻllar qurilishi va taʼmirlanishi hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishini sifatli amalga oshirish boʻyicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishdan soʻng, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari koʻrgazmasi bilan ham tanishdi.



