So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda ichida 1 mlrdga yaqin puli boʻlgan bankomat oʻgʻirlanib, maydalab yuborilgan
Samarqandda ichida 720 mln soʻm puli boʻlgan bankomat oʻgʻrilari qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 25-yanvar kuni Kattaqoʻrgʻon tumani “A.Navoiy” MFY “A.Navoiy” koʻchasida oʻrnatilgan bankomat shoxobchasidan nomaʼlum shaxslar tomonidan bir dona bankomat qurilmasi ichida boʻlgan 720.000.000 soʻm miqdordagi pullari bilan oʻgʻirlab ketilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Kattaqoʻrgʻon tuman “Tavaron” mahallasi hududidagi tashlandiq joydan oʻgʻirlangan bankomat apparati boʻlaklarga boʻlingan holda topilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni qidirib topish boʻyicha olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni toʻrt kishi — ikki 29 yoshli, bir 28 va yana bir 25 yoshli fuqarolar sodir etgani aniqlangan. Hozirda ushbu shaxslar qoʻlga olinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.