So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yelizaveta IIʻni oʻlimidan oldin “tinchitmoqchi” boʻlgan erkak uzoq yilga kesilishi mumkin
U avvalroq qirollik oilasiga yaqinlashish uchun Mudofaa vazirligi politsiyasi va Grenadiyer gvardiyasiga qoʻshilish uchun ariza bergan.
Kelib chiqishi hind boʻlgan erkak 2021-yilning Rojdestvo kunida marhum qirolicha Yelizaveta II ga suiqasd uyushtirish bilan tahdid qilganligini tan oldi. Bu haqda CNN mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, 21 yoshli Jasvant Singx Chail juma kuni Londonning Old Beyli sudida London Metropoliten politsiyasining terrorizmga qarshi kurash departamenti tomonidan olib borilgan tergovdan soʻng sud majlisida uchta ayblov, jumladan, davlatga hiyonat va sovuq qurol bilan koʻchada harakatlanish boʻyicha aybini tan oldi.
Politsiya tomonidan eʼlon qilingan bayonotga koʻra, ikki ofitser Chaylni 2021-yil 25-dekabr kuni ertalab soat 8:10 atrofida Qirolicha joylashgan Vindzor qalʼasi hududida qora kiyim va metall niqob kiygan holda koʻrib qolgan.

Broadmoor yuqori darajadagi psixiatriya shifoxonasidan sudda onlayn qatnashgan etgan Chail qoʻlida oʻt ochishga tayyor arbalet bilan huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar oldiga harakatlangan. U hibsga olinishidan oldin politsiyaga “Men qirolichani oʻldirish uchun keldim”, degan.
Chail oldindan neylon arqonli narvon bilan maydonning perimetri boʻylab oʻtgan deb taxmin qilinmoqda. U 20 ga yaqin odamga qirolichaga suiqasd uyushtirmoqchi boʻlganini video tarzda yoʻllagan.
Metropolitan politsiyasi bayonotiga koʻra, Chail 2022-yil 2-avgustda jinoyatlarda ayblangan va 31-mart kuni unga hukm oʻqilishi kerak.

London Metropoliten politsiyasining terrorizmga qarshi kurash qoʻmondoni Richard Smit “bu juda jiddiy voqea” dedi. Politsiya bayonotida aytilishicha, prokurorlar Chailni “hind xalqiga oʻtmishdagi munosabati uchun Britaniya imperiyasiga nisbatan yomon kayfiyatda boʻlgan” deb daʼvo qilmoqda.
Detektivlar kuzatuv videosi orqali Chailning 23-dekabrdagi voqeadan ikki kun oldin Vindzor qasriga ham borganini aniqladilar.
U avvalroq qirollik oilasiga yaqinlashish uchun Mudofaa vazirligi politsiyasi va Grenadiyer gvardiyasiga qoʻshilish uchun ariza bergan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir