So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Chet el fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalarini buzgan yoki boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham joylashtirish vositalari orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniga ega boʻldi.
Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olish tartibi soddalashtirildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar bermoqda.
2023-yil 30-yanvarda Vazirlar Mahkamasining shu haqdagi “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston kirib kelganlaridan keyin migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari orqali uch ish kuni davomida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalarini buzgan yoki boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham joylashtirish vositalari orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniga ega boʻldi.
Yaʼni, masalan, xorijlik fuqaro uch ish kuni davomida turli sabablarga koʻra roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa va toʻrtinchi kuni mehmonxona yoki boshqa joylashtirish vositasiga borsa, joylashtirish vositasi xorijlik fuqaroni roʻyxatga oladi va bu haqda “E-mehmon” dasturi orqali hududiy ichki ishlar organlariga xabar joʻnatadi. Bunda roʻyxatga kiritish uchun ichki ishlar organlaridan ruxsat olish shart emas.
Maʼlumot uchun, hujjat 2023-yil 31-yanvardan kuchga kirdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir