So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda bola oʻgʻrilari paydo boʻldimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda vahima uygʻotayotgan xabar yuzasidan Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi maʼlumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki maktab oʻquvchilarini oʻgʻirlashmoqchi boʻlishayotganligi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov.
Oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, joriy yilning 1-fevral kuni Shayxontohur tumanida 113 sonli maktabning 11 sinf oʻquvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132 sonli maktab oʻquvchilari G.B, S.N. lar yerdagi muz boʻlagini tepgan.
Shundan soʻng 11 sinf oʻquvchilari muz boʻlagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz deb ularni ogʻzaki qoʻrqitishgan.
“Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketishgan. Hozirgi vaqtda bolalar sogʻ-salomat ota-onasi bagʻrida. Avtomashinani boshqarish huquqi boʻlmagan maktab oʻquvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktik suhbat oʻtkazilgan”, — deyiladi xabarda.