So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoraqalpoq voqealari. Qamoqqa olingan yana 39 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi
Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqiladi.
2023-yil 6-fevral kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqiladi.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar A. Mыrzambetov, D. Nadirbayev, P. Yesengeldiyev, K. Yeshjanov, M. Pirlepesov, A. Sariyev, N. Bauyetdinov, A. Sharapov, O. Mamutov, R. Dosыmbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbayev, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, A. Omirzakov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, N. Xabipov, Z. Pirjanov, Z. Tadjimuratov, O. Dosnazarov, T. Ismailov, I. Polatov, Sh. Ashirbekov, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, A. Xojanazarov, Ye. Qanaatov, O. Kurbanov, R. Jumabayev, A. Naurыzbayev, N. Genjebayev, I. Aitmuratov, A. Yesemuratov, K. Begaliyev, M. Raxmanov, A. Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104, 166, 244, 244-1 va 247-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Sud jarayoni ochiq tarzda oʻtkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatishga moʻljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.