So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Asakada IIB xodimi ikki piyodani urib yubordi. 28 yoshli yigit shifoxonada vafot etgan
Andijon viloyati Asaka tumanida Spark avtomobili haydovchisi ikki nafar piyodani urib yuborgan. Ulardan biri shifoxonada olamdan oʻtgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 9-dekabr kuni soat 22:00 larda Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi E.M. xizmatdan soʻng Asaka tumani, Qashqar MFY hududidan oʻtuvchi 4R-112E avtomobil yoʻlining 2-kilometrida Spark rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda avtomobil koʻprigi ustidagi muzlamada transport vositasi sirpanib ketgan va rul boshqaruvini yoʻqotib qatnov qismining chetidan ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Natijada, 1994-yilda tugʻilgan piyoda M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2004-yilda tugʻilgan piyoda A.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.