So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Sarguzasht turizmiga oid davlat standarti qabul qilindi” — Madaniyat va turizm vazirligi
Ushbu standart har xil geografik, madaniy va ijtimoiy muhitda ishlaydigan barcha turdagi va oʻlchamdagi provayderlar tomonidan qoʻllanilishi mumkin.
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmita tomonidan Oʻz DSt ISO 21101:2022 (ISO 21101:2014, IDT) “Sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar” davlat standarti ishlab chiqildi.
Mazkur davlat standarti Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2023-yil 18-yanvardagi 03/127-son buyrugʻi bilan qabul qilindi.
Ushbu standart sarguzasht turizmi faoliyati provayderlari uchun xavfsizlikni boshqarish tizimining talablarini belgilaydi. Provayder ushbu standartdan quyidagilar uchun foydalanishi mumkin:
— xavfsizlik samaradorligini oshirish;
— ishtirokchilar va xodimlar xavfsizligiga nisbatan kutilmalarni oqlash;
— xavfsiz amaliyotni koʻrsatish;
— amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini qoʻllab-quvvatlash.
Ushbu standart har xil geografik, madaniy va ijtimoiy muhitda ishlaydigan barcha turdagi va oʻlchamdagi provayderlar tomonidan qoʻllanilishi mumkin. Standart 2023-yil 18-apreldan amalga joriy etiladi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir