So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzaxda bir xonadondan 4 kishining oʻligi chiqdi
Holat yuzasidan JKning 207-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi kuzgʻatilgan.
Jizzax shahridagi xonadonlardan birida 4 kishining murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Effect.uzʻga maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, 2023-yil 31-yanvar kuni Jizzax shahar Sayilgoh koʻchasida joylashgan xonadonlarning birida 4 nafar (2 nafari talaba, 1 nafari Sambhram universiteti 2-kurs 1 nafari Jizzax politexnika instituti 2-kurs) shaxsning murdasi topilgan. Sud-tibbiy ekspertizaning maʼlumotiga kura, marhumlarining oʻlimiga is gazidan zaharlanishi sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.
Mutaxassislarining birlamchi maʼlumotiga kura, hodisa sodir boʻlgan xonadonga oʻrnatilgan isitish tizimi tabiiy gazdan foydalanish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid ekanligi koʻrsatilgan. Holat yuzasidan JKning 207-moddasi 3-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi kuzgʻatilgan.