So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Anomal sovuqdan aziyat chekkan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi
Iqtisodiyotda yoʻqotishlar oʻrnini qoplash va biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.
Anomal sovuqdan aziyat chekkan tadbirkorlarga koʻplab yengilliklar beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Koʻplab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman”, — dedi Prezident.
Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).
Hisob-kitobga koʻra, zarur choralar koʻrilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot oʻsishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).
“Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois, iqtisodiyotda yoʻqotishlar oʻrnini qoplash va biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.
“Qattiq sovuq”dan qiyinchilik koʻrgan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa toʻlovlar boʻyicha yengilliklar beriladi.
Jumladan:
- 2 ming nafar kichik va oʻrta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion soʻm kredit toʻlovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;
- 29 mingta tadbirkorning 2 trillion soʻm soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qoʻshimcha garovsiz va “penya”siz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi;
- quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablagʻ uchun 8 trillion soʻm kredit ajratiladi;
- nosoz uskunalarni taʼmirlashga kreditlar ajratiladi, ular boʻyicha 2,5 milliard soʻmgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi;
- 27 mingta tadbirkor uchun davlat mulki ijara toʻlovi 1-aprelga qadar oʻzgarmaydi va uni boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard soʻm qoladi);
- davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun toʻlovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar toʻxtatib turiladi;
- ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk soligʻidan 10 foizdan chegirma beriladi.
Shuningdek, qurilish va qurilish materiallari tarmoqlarini tezroq tiklash uchun, davlat investitsiya dasturidan 3 trillion soʻmlik moliyalashtirish shu haftadan ochiladi.