So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi
Shu bilan birga, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi negizida Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi tuzildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:
maxsus organlarni qurol-yarogʻ, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;
Oʻzbekiston Qurolli kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash boʻyicha kompleks dasturlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlashni moliyalashtirish masalalarini koʻrib chiqish va uning manbalarini belgilash;
davlat mudofaa buyurtmasini koʻrib chiqish va tasdiqlash.
Shuningdek, komissiya yangi harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni yoʻlga qoʻyish, sohani rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi.
Harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak anjomlari, dori vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari va boshqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratish choralarini belgilaydi.
Davlat komissiyasi raisi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hisoblanadi.
Bundan tashqari, komissiya:
mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalalarini;
urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirigʻini biriktirish boʻyicha takliflarni;
maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini koʻrib chiqadi.
Shu bilan birga, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi negizida Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi tuzildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida esa Oʻztextreyd davlat unitar korxonasi tuzildi. Korxona harbiy va ikki hil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning import-eksporti bilan shugʻullanadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir