So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Dehqonobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi ochildi
Hozirda prokuratura aynan qancha mablagʻ “tuya” qilinganini jamoatchilikka ochiqlamagan.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Dehqonobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdor shaxslari viloyatda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan jinoiy til biriktirib, oʻziga ishonib topshirilgan byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan. Hozirda prokuratura aynan qancha mablagʻ “tuya” qilinganini ochiqlamagan.
Mazkur holat yuzasidan IJQQ departamenti Dehqonobod boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari Dehqonobod tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
“Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni boʻyicha batafsil axborot beriladi”, — deyiladi xabarda.