So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Sulton Uvays Qaroniy” muzeyidan Qurʼoni Karim noyob qoʻlyozmasini oʻgʻirlaganlarga hukm oʻqildi
1874-yilda hattotlar tomonidan koʻchirilgan nodir qoʻlyozmali Qurʼoni Karim kitobining ichki bozordagi narxi 92 mln soʻmga baholangan.
Namangan viloyatida joylashgan “Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohidan Quroʼni Karimning noyob qoʻl yozmasini oʻgʻirlaganlarga hukm oʻqildi.
2022-yil 10-avgust kuni E.A Namangan shahrida istiqomat qilgan eski tanishi va jinoiy sherigi R.Sh bilan birga oʻgʻirlik qildi.
Taʼkidlanishicha, ikki shaxs yuzlariga niqob, qoʻllariga ishchi qoʻlqop kiyib, tungi soat 01:00larda tumanning “Baliqkoʻl” mahallasida joylashgan “Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohi muzeyiga kelganlar. Jinoyatlarini yashirish maqsadida ziyoratgoh chiroqlarini asosiy tarmoqdan uzishadi.
Soʻngra muzeyda saqlanayotgan, 1874-yilda hattotlar tomonidan koʻchirilgan nodir qoʻlyozmali Qurʼoni Karim kitobini oʻgʻirlaganlar. Tashqariga chiqqach, E.A muqaddas kitobni oʻzining “Cobalt” avtomashinasi yukxonasiga joylaydi.
Keyin Namangan shahriga kelib, kalomullohni R.Shning singlisi N.Shga yashirib qoʻyishadi. Ammo xonadon sohibasiga kitobning oʻgʻirlanganini aytishmaydi.
Biroq ziyoratgoh hududi va atrofiga oʻrnatilgan videokuzatuv moslamalari jinoyatni qisqa fursatda fosh etishga yordam berdi. Natijada oʻgʻrilik qilganlar qoʻlga olinib, kitob “Sulton Uvays Qaroniy” ziyoratgohiga qaytarilgan. Qoʻlga olingan ikki nafar shaxsga esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yaqinda mazkur holat jinoyat ishlari boʻyicha Chortoq tuman sudida koʻrib chiqildi. Sud E.Abdusattorov va R.Shoisayevni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topib, ularni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etdi.
Maʼlumot oʻrnida, Madaniy meʼros agentligining 2022-yil 22-dekabrdagi sanʼatshunoslik ekspertizasi xulosasida, nodir “Qurʼoni karim” kitobining Oʻzbekiston ichki bozoridagi bahosi 92.000.000 soʻm deb belgilangan.