So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Andijondagi mahalla hayotini koʻzdan kechirdi
Prezident Sadda tagi mahallasida yashovchi Diyor Mamadaliyevning xonadonida mehmon boʻlib, viloyatda yigʻma uylarni koʻpaytirish boʻyicha tavsiya berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi Sadda tagi mahallasida boʻlib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlum boʻlishicha, bu mahallada 3 ming 600 nafardan ortiq aholi yashaydi. Oilalar yerdan unumli foydalanishning hadisini olgan.

Keyingi yillarda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida parrandachilik, uzumchilik, issiqxonalar tashkil etilmoqda. Shuningdek, mahalla hududida toʻqimachilik korxonasi, oziq-ovqat doʻkonlari va ustaxonalar bor.
Aholi bandligini taʼminlash, yoshlarning boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish boʻyicha qilinayotgan ishlar bu mahalla hayotida ham sezilmoqda. Buni mahallada ishsizlik kamligi, oʻtgan yili birorta ham jinoyat boʻlmaganida ham koʻrish mumkin.

Maʼlumki, Andijon viloyatida aholi zich joylashgan. Uy-joyga talab katta. Jumladan, Mamadaliyevlar uyida ham besh oila yashayotgandi. Shu bois xonadon hovlisida tajriba tariqasida yigʻma uylar qurildi. Ular kamxarj, issiq-sovuq va yongʻinga chidamli, qurish ham oson.

Prezident shu yerlik Diyor Mamadaliyev xonadonida mehmon boʻlib, mezbonlarni yangi uylar bilan muborakbod etdi.

“Uy insonning eng asosiy ehtiyojlaridan biri. Ham davlat, ham tadbirkorlar tomonidan koʻplab turar joylar qurilayotgani xalqimiz manfaatini taʼminlayapti. Tanlov imkoniyatini kengaytirish uchun, ehtiyojmandlar uchun bunday arzon uylar ham kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunday uylarni koʻpaytirish, ular uchun zarur qurilish materiallarini mahalliylashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir