So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Andijonga tadbirkorlikni kengaytirish va odamlarning daromadini oshirish uchun keldik” — Prezident
Prezident Andijon viloyatiga tashrifi davomida ikkita tumanda joylashgan korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Bugun, 1-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Prezident oʻzining Andijon viloyatiga tashrifini Boʻston tumanidan boshladi.
Matbuot xizmatining xabariga koʻra, bu yerda yaqinda “Sayyora favvorasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan toʻqimachilik korxonasi ishga tushirilgan.
Umumiy qiymati 113 milliard soʻmlik ushbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatildi.
Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan va mingga yaqin mahalliy aholi ish bilan taʼminlangan.
Korxonaning “Elegance SM” brendi ostidagi sifatli, bejirim mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yoʻnaltirilgan. Yillik eksport hajmi 4 million dollar boʻlishi moʻljallangan.
“Bu korxonaga zamin yaratayotganimizda bugungiday boʻlib ketishiga koʻpchilik ishonmagandi. Boʻston iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tumanlardan edi. Mana shunday korxonalar ochilib, odamlarimiz daromad topayotgani quvonarli. Buni davom ettirib, ish oʻrinlarini koʻpaytirishimiz kerak
”, - dedi davlat rahbari.
Shuningdek, Prezident Shahrixon tumanida joylashgan “Elegant shoes and” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Uskunalar Turkiya va Xitoydan olib kelingan. Ishlab chiqarishga turkiyalik dizayner va texnologlar jalb qilingan.
Birinchi bosqichda 60 xil poyabzal va charm mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Hozir bu yerda 500 kishi mehnat qilmoqda. Ikkinchi bosqichda yana shuncha ish oʻrni tashkil etiladi.
Korxonaning asosiy moʻljali eksport. Joriy yilda bu koʻrsatkichni 4 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Tadbirkor Yevropa bozoriga chiqmoqchi ekanini aytdi. Prezident bu boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma berdi.
“Charm sanoati ham drayverga aylanyapti, korxonalar koʻpayyapti. Endi ularga kafolatlangan xomashyoni taʼminlab berish kerak. Ikkinchidan, kasanachilik asosida uyda oʻtirgan ayollarni ham jalb qilish zarur. Umuman, bunday ilgʻor korxonalarning rivojlanishiga koʻmak berib, klasterga aylantirish mumkin
”, - dedi Shavkat Mirziyoyev
Mutasaddilarga ilmiy institutlarga buyurtma berib, import boʻlayotgan xomashyo materiallarini mahalliylashtirish boʻyicha topshiriq berildi.Mirziyoyev korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.
“Bugun Andijonga tadbirkorlikni kengaytirish, barqaror energiya manbalari yaratish, odamlarning daromadini oshirish uchun keldik. Oyliklaringiz qachon oshadi? Chiqarilayotgan mahsulotning bozori chaqqon boʻlsa.
Buning uchun sifat, bilim, malaka kerak. Shu bois xotin-qizlarimizning kasb egallashiga alohida eʼtibor qilyapmiz. Ona rozi boʻlsa, oila ham, jamiyat ham rozi boʻladi”, - dedi Prezident.



