So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda narxni asossiz ravishda oshirgan AYOQSHlarga benzin yetkazib berish toʻxtatiladimi?
Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev energo resurslari taqchilligi boʻyicha eng koʻp muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda Ai-80 benzini uchun aksiz soligʻining bekor qilinishi ushbu markali benzinning narxlarini keskin tushirib yuborishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.
Vazir oʻrinbosariga koʻra, Ai-80 benzini uchun aksiz soligʻining bekor qilinishi ushbu markali benzin uchun AYOQSHlarda sotilayotgan chakana narxlarni 1 000-1 200 soʻmgacha arzonlashishiga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda ushbu markali benzinning narxlari 5 500 soʻmgacha arzonlashishi kutilmoqda.
“Ai-80 benzinining birjaga chiqarilgan hajmlari ortganligi hamda birjada benzin narxining asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida narx oshishi boshlangʻich narxning 5 foizidan ortiq boʻlmasligini inobatga olgan holda 5 500 soʻmlik narxni yaqin kunlarda AYOQSHlarda koʻrishimiz mumkin”, deydi Xoʻjayev.