So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga vaqtincha boshqaruvchi tayinlandi
Avvalroq Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning oʻrinbosari boʻlgan ikki kishini ishdan olgan edi.
Rustam Yusupov Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu boʻyicha poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonovning 31-yanvar kungi farmoyishida keltirib oʻtilgan.
Yusupov shu paytga qadar bosh boshqarma boshqaruvchisi (Anvar Umarov)ning birinchi oʻrinbosari vazifasidan ishlab kelayotgandi.
Gazeta.uz maʼlumotiga koʻra, u 1986-yil 12-noyabrda Namangan viloyati Chortoq tumanida tavallud topgan. Toshkent davlat agrar universiteti (2008) va Oʻzbekiston prezidenti qoshidagi davlat boshqaruv akademiyasini (2020) tamomlagan.
2007-yildan 2020-yilgacha Yunusobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritgan Rustam Yusupov 2020-yil noyabr oyida shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga ishga oʻtgan.

Sobiq rahbar Anvar Umarov esa oʻz xohishiga koʻra egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu oʻzgarish hokim v.b. Baxtiyor Rahmonovning 27-yanvardagi qarorida keltirib oʻtilgan. Anvar Umarovning oʻzi ushbu lavozimda 2021-yilning noyabr oyi oxiridan beri ishlab kelayotgandi (Sanjar Umatov oʻrniga tayinlagandi).
Bungacha u Prezident qarori bilan aholini elektr va gaz bilan taʼminlashdagi inqiroz tufayli ishdan olingan sobiq hokim Jahongir Ortiqxoʻjayevning yordamchisi boʻlib ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Baxtiyor Rahmonov avvalroq sobiq hokimning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan va unga eng yaqin odamlardan biri boʻlgan Muzaffar Abdurahmonovni ishdan boʻshatgandi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir