So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Isfahonga qilingan hujum javobsiz qolmaydi” — Eronlik siyosatchi
Eron Mudofaa vazirligi binosiga dronlar tomonidan hujum uyushtirildi. Podolyak bu hujumdan soʻng Twitterʻda kinoyali post qoldirdi.
Eronning Isfahon hududida joylashgan mudofaa vazirligi binosiga hujum uyushtirildi. Eron parlamentining tashqi siyosat va milliy xavfsizlik boʻyicha komissiyasi aʼzosi Mahmud Abboszoda Meshkini Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning bayonoti fonida bu hujum javobsiz qolmasligini aytdi.
“Isfahonga qilingan hujum javobsiz qolmaydi”, — dedi parlamentariy.
Meshkinining taʼkidlashicha, Ukraina rasmiylari hozir Eronga nisbatan ochiqroq hujumlar qilmayapti, chunki ular javobdan qoʻrqishmoqda.
Siyosatchining qoʻshimcha qilishicha, Ukraina tomonining pozitsiyasi Tehronni ajablantirmaydi, chunki u Gʻarb gegemonligiga mos kelishi kerak. Bundan tashqari, Eron Ukraina mojarosida Gʻarb tomonida boʻlmaydi.
Avvalroq Podolyak oʻzining Twitterʻda “Ukraina sizni ogohlantirdi”, deb yozgan edi.
Shu tariqa, u Isfahondagi portlash Tehron goʻyoki Rossiya armiyasini oʻzining “Shahed” dronlari bilan jihozlayotgani sababli sodir boʻlishi mumkinligiga shama qildi.
Eslatib oʻtamiz, 29-yanvarga oʻtar kechasi Eronning Isfahon shahrida kuchli portlash sodir boʻldi.Eron Mudofaa vazirligi bu dronlarning “muvaffaqiyatsiz hujumi” ekanini aytdi. Mahalliy OAV portlashlar kamida beshta viloyatda sodir boʻlganini daʼvo qilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir