So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda 2 kishi botulizmdan vafot etdi
Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi qoʻlbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilmaslikni soʻradi.
Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida 5 kishi ovqatdan zaharlandi, ulardan ikki kishi vafot etdi.
Xabarga koʻra, 2023-yil 6-yanvar kuni Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida 5 nafar fuqaro ovqatdan zaharlanish (botulizm) tashxisi bilan yotqizilgan.
Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, 24 yoshli E.Sh. (erkak) 14-yanvar kuni, 26 yoshli E.D. (ayol) 26-yanvar kuni vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Qoʻshrabot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Ovqatdan zaharlanish asosan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida sodir boʻladi.
Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi qoʻlbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilmaslikni soʻraydi!”, — deyiladi xabarda.