So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jamoat transportida “kunlik tushum plani” amaliyoti bekor qilinadi
Endilikda mablagʻ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.
Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yigʻilish boshlandi.
Unda transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bogʻlanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yoʻlovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.
Endilikda mablagʻ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi. Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim boʻladi.
Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli toʻlovni oladi. Shu paytgacha boʻlgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Bundan tashqari, aholiga qulay yoʻl haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir