So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi” — DXX
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” YPX maskanida “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirildi.
Natijada avtomashina haydovchisi boʻlgan, Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1989-y.t. shaxs va unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Fargʻona tumanida istiqomat qiluvchi, 1986-y.t. fuqaro 10.864 dona “Regapen” hamda 1.995 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahriga olib ketayotganliklari maʼlum boʻldi.
Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, Sergeli tumanida ushbu dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida Yashnabod tumanida yashovchi, 1988-y.t., muqaddam sudlangan ayol va Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi, 1990-y.t. fuqaro ushlandi.
Boshqa holatda esa Toshkent xalqa avtomobil yoʻlining Bektemir tumani hududidan oʻtgan qismida toʻxtab turgan “Kobalt” rusumli transport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning salonida boʻlgan Fargʻona tumanida yashovchi, 1996-y.t. ikki fuqaro 5.450 dona “Regapen” va 466 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Fargʻona viloyatidan Toshkent shahriga olib kelganliklari maʼlum boʻlib, ushbu dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Yana bir holatda “Namangan – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina poytaxtga kiraverishdagi “Sharq” YPX maskanida toʻxtatilib tekshirildi.
Natijada unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1980-y.t. ayolga tegishli sumkada 590 dona “Selofen” va 478 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida u mazkur dori vositalarini Toshkent shahrida kutib turgan, 1991 va 1997-yillarda Jizzax viloyatida tugʻilgan ikki fuqaroga olib borib berishi kerakligi maʼlum boʻlib, Sergeli tumanida ushbu shaxslar ham dori vositalarini qabul qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Chilonzor tumanidagi mehmonxonaning ular vaqtincha joylashgan xonasidan 137 dona “Selofen” va 11 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Taʼkidlash lozimki, barcha kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.