So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiya mahbuslarni urushga joʻnatishni boshladi. Birinchi qurbon bor
Zambiya tashqi ishlar vaziri Rossiya zambiyalik mahbusni Ukrainadagi urushga joʻnatish uchun avf etganini va u Vagner yollanma askarlari safida jang qilib, halok boʻlganini maʼlum qildi.
“Zambiya fuqarosi Natan Lemehani Nyerenda 2022-yil 23-avgustda amnistiya evaziga harbiy operatsiyada qatnashish uchun avf etildi”, — dedi vazir Kakubo.
Shuningdek, u Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov unga bu maʼlumotni taqdim etganini qoʻshimcha qildi.
Bu bilan Lavrov Rossiya hukumati Ukrainadagi urush uchun Rossiya qamoqxonalaridagi mahbuslarni yollashga ruxsat berayotganiga ishora qildi.
“Bizga Rossiya mahbuslarni maxsus operatsiyada ishtirok etish evaziga afv etishga ruxsat berishini maʼlum qilishgan. Nyerendaning jasadi juma kuni Moskvaga olib kelingan va yakshanba kuni Zambiyaga qaytariladi”, — dedi Kakubo.