So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻzbekiston Rossiyadan AI-80 benzinini import qilishni boshladi
Qoʻshni Rossiya, Qozogʻiston, davlatlarida AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarish toʻxtatilgan boʻlib, faqatgina tadbirkorlar buyurtmasi asosida ishlab chiqarilmoqda va sifati asosan AI-80 K2, K5 rusumli avtobenzin talablariga mos keladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisi ehtiyojlarini sifatli va arzon narxlarda avtobenzin bilan taʼminlash maqsadida, tasarrufdagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulot bilan bir qatorda, tayyor mahsulotlarni import qilish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning yanvar oyida “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda Rossiyaning “Gazprom” OAJ, “Tatneft” OAJ, “ORSKNEFTEORGSINTEZ” OAJ kabi kompaniyalari bilan 50 ming tonna, tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5,0 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzini importi boʻyicha shartnomalar tuzilgan.
Qoʻshni Rossiya, Qozogʻiston, davlatlarida AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarish toʻxtatilgan boʻlib, faqatgina tadbirkorlar buyurtmasi asosida ishlab chiqarilmoqda va sifati asosan AI-80 K2, K5 rusumli avtobenzin talablariga mos keladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mahsulotni respublika hududiga temir yoʻl transporti orqali yetkazib berish va boshqa xarajatlarni inobatga olgan holda, tovar xomashyo birjasida sotish uchun qoʻyiladigan boshlangʻich narxi bir tonnasi uchun 7 084 ming soʻmni, AYOQSHlarda isteʼmolchilarga sotiladigan yakuniy narxi esa bir litri uchun 6 000-6 200 soʻmni tashkil etmoqda.
Maʼlumot uchun, jamiyat tasarrufidagi “Buxoro NQIZ” MCHJda AI-80 rusumli avtobenzini ishlab chiqarish quvvatlaridan 130-140 foiz (kunlik avtobenzin ishlab chiqarish xajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 750 tonnadan 3 300 tonnaga oshirilgan) darajada foydalanilmoqda.



