So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Ulugʻbek Qosimov masʼuliyatsiz maktab direktorini ishdan oldi yana biriga “hayfsan” berdi
Surxondaryo viloyatining 13 tumanida hokim oʻzgardi. Viloyat hokimi mazkur oʻzgarishdan keyin ilk “yurishini” Boysun tumanidan boshladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning bugungi hududlarga tashrifi Boysun tumaniga boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, hokim boshchiligidagi ishchi guruh tashrifning ilk manzilida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda aholi turmush tarzini oʻrganish maqsadida tumanning “Sayrob” mahallasiga bordi.
Hokimlikning xabar berishicha, “Sayrob” mahallasi Obgir qishlogʻida yangidan zamonaviy 21-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilgan.
Yaqin kunlarda faoliyatini boshlash arafasida boʻlgan ushbu bogʻchada taʼlim-tarbiya tojik tilida olib boriladi hamda ingliz va rus tillarini oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi.
Viloyat rahbari yangi taʼlim tashkilotida yaratilgan sharoitlarni oʻrganib, atrofni obodonlashtirish va faoliyatini boshlash maqsadida zarur ishlarni amalga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Keyingi manzil “Sayrob” mahalla binosi boʻldi. Bino taʼmirtalab, abgor holatda. Masʼullar tomonidan binoni taʼmirlash, mahallada faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun sharoitlar yaratish choralari koʻrilmagan.
Shuningdek, ushbu mahalla binosi yonida ikki qavatli davlat-xususiy sheriklikda maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining qurilish ishlari, muddati oʻtib ketgan boʻlsada tugallanmagan.
Qosimov masʼularni ushbu kamchiliklarga eʼtibor qaratmagani, muammolarni hal qilmaganligi uchun tanqid qildi. Mahalla binosini tartibga keltirish, mahalladagi “beshlik”ning har biri uchun alohida xona ajratish yuzasidan topshiriqlar berilgan.
Qurilishi tugallanmagan bogʻcha boʻyicha tuman prokuroriga tadbirkor bilan ishlab, qurilish ishlarini 10 kun muddatda yakunlash va faoliyatini boshlash choralarini koʻrish, agarda ushbu muddatda ishlar bajarilmasa qonun doirasida ishni koʻrib chiqish, bino uchun qilingan harajatlarni qoplab berish va boshqa salohiyatli tadbirkorga berib, taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berildi.
Viloyat hokimi har bir hududga qilgan tashrifi davomida albatta maktablar faoliyati bilan ham tanishmoqda va maktablardagi mavjud muammolarni oʻrgandi.
Dastlab, Qosimov “Xoʻjabulgʻon” mahallasida joylashgan, 624 oʻrinli 36-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi. Ushbu maktabning 2 gektarlik hududida obodonlashtirish, tozalash, daraxt ekish ishlari olib borilmagan.
Sport zali sifatsiz taʼmirlangan, oʻquvchilar va mahalla yoshlarining sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratilmagan.
Maktab direktorining masʼuliyatsizligi sababli qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Shu sababli maktab direktoriga “hayfsan” intizomiy jazosi berish, 10 kun muddatda maktab sport zali, fayesi va koridorlarini taʼmirlash boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.
Bundan tashqari “Sayrob” QVPning “Xoʻjabulgʻon” tayanch punkti binosini ham yengil taʼmirlash, dorixona tashkil etish, isitish pechlari bilan taʼminlash boʻyicha tuman hokimiga vazifalar yuklandi.
Shuningdek, “Obi” mahallasida joylashgan 1-sonli maktab binosi koʻzdan kechirildi. Tuman markazida joylashgan ushbu maktabning ham ochiq maydonlariga daraxt etish, obodonlashtirish, tozalash ishlari bajarilmagan.
Maktab hududi hanuzgacha qor va muzlamalardan tozalanmagan. Taʼlim sifati ham qoniqarsiz ahvolda. Ushbu xato va kamchiliklar yoʻl qoʻyganligi, oʻz vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshganligi uchun maktab direktori va uning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining faoliyatini oʻrganish, lavozimiga loyiqlik masalasini koʻrib chiqish topshirigʻi berildi.
“Shu oʻrinda hurmatli fuqarolarimizdan viloyat hokimining hududlardagi oʻrganish ishlari davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishida oʻz koʻmaklarini berishlarini, mavjud muammolar va ularning yechimi borasida viloyat hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida izoh qoldirishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.