So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent shahar kengashi deputati muddatidan oldin isteʼfoga chiqarildi
Deputat kengash kotibiyati mudiri lavozimida hamda ijtimoiy tarmoqlar va kengash saytini nazorat qilib borgan.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Abdumavlon Qosimov oʻz arizasiga binoan muddatidan oldin isteʼfoga chiqarildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputat Abdumavlon Qosimovning muddatidan oldin isteʼfoga chiqishini maʼqullagan, kengashning 27-yanvar kuni boʻlib oʻtgan 77-sessiyasida qaror qabul qilingan.
Deputatning oʻzi isteʼfoga chiqish haqida ariza bergan. Deputat kengash kotibiyati mudiri lavozimida hamda ijtimoiy tarmoqlar va kengash saytini nazorat qilib borgan.
Maʼlumot uchun, Abdumavlon Qosimov 2020-yil yanvar oyida “Adolat” partiyasidan 45-Qoratosh okrugi deputati etib saylangan, deputatlik vakolati 2025-yilning yanvarigacha amal qilishi kerak edi.
Eslatib oʻtamiz, kecha Toshkent shahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning shahar kengashi deputatligi vakolati muddatidan oldin toʻxtatilgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir