So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Mahallani taʼmirlash uchun ajratilgan pullarni “tuya” qilgan mansabdorlar ushlandi
Mirzaobod tumanida koʻchalarni taʼmirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Tekshiruv natijasida, Mirzaobod tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi masʼul shaxslari va boshqalar 2021-yilda “Mirzo Ulugʻbek” mahallasi hududidagi koʻchalarni joriy taʼmirlashda ishlarni sifatsiz amalga oshirish orqali 307 mln soʻm hamda hisobotlarga haqiqatda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish yoʻli bilan 143 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.