So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Zoyir Mirzayev Boʻka va Bekobod tumanlarining bir nechta masʼullarini ishdan oldi
Viloyat hokimi tomonidan oʻtkazilgan tanqidiy yigʻilishda hokim yordamchilari, Mahalla raisi yordamchilari lavozimidan ozod etildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev raisligida Boʻka va Bekobod tumanida 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2023-yilgi rejalar xususida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
Prezidentning 2020-yil 24-noyabrdagi qaroriga asosan aholini ish bilan taʼminlash maqsadida Boʻka tumanida 2022-yilda ajratilishi belgilangan 716 gektardagi 3 ming 341 ta lotlardan amalda 3 183 lot, 678 gektar (95%) maydon dehqon xoʻjaliklari uchun ajratib berilgan.
Ushbu ajratilgan 3 ming 183 lotdagi 678 gektar yer maydonlaridan 179 lotdagi 38 gektar maydon savdo maydonchasiga qoʻyilib, gʻoliblar bugungi kunga qadar aniqlanmagani taʼkidlangan.
Dehqon xoʻjaligi uchun tanlov gʻolibi aniqlanmagan 179 lotdagi 38 gektar maydonlar tahlil qilinganda, 23 gektar maydon suv taʼminoti ogʻir, 7 gektar maydon aholi punktidan uzoq boʻlgan va 8 gektar maydon holati yomon yerlar boʻlganligi sababli aholi ushbu yerlarga qiziqish bildirmagan.
Ishda yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun tuman hokimining oʻrinbosari - investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Sherali Yarbekovga ish haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasini qoʻllash, shuningdek, 4-sektor hududida joylashgan “Boʻka” mahallasi hokim yordamchisi Tohir Abduvohidov va 2-sektor hududida joylashgan “Qoʻchqorsoʻygan” mahallasi hokim yordamchisi Elyor Jumanqulovni vazifasidan ozod etish taklifi berildi.
Bundan tashqari, “Qoʻldoshtepa” MFYda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi Adham Mamatqulov 3 oy sinov muddati bilan lavozimida “vazifa bajaruvchi” maqomida qoldirildi.
Shuningdek, Bekobod tumani hokimining oʻrinbosari - investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Ilhom Majitovning 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari keskin tanqid qilindi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Fuqarolar bandligini taʼminlashda mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilarining ishlari qoniqarsizligi tufayli “Xonobod” va “Nazarboy” mahallalari hokim yordamchilari lavozimdan ozod etildi.
Markaz rahbari Ravshan Abdurazoqov lavozimdan olinib, “Nazarboy” mahallasiga hokim yordamchisi lavozimiga oʻtkazildi.
“Oʻzbekobod” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi Eʼtibor Achilovaning mahalladagi faoliyati yuqori baholanib, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari etib tayinlandi.
Koʻchmas mulk va davlat kadastr xizmati rahbari Umid Hakimov yerlarni auksionga qoʻyishga yetarlicha yondashmaganligi uchun lavozimidan ozod etildi.