So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Human.uz jurnalistlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi” — DXX
Jurnalistlar qoʻlga olinishi ortidan AOKA va Mass-media munosabat bildirdi. Agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Raqamli texnologiyalar vazirligiga tegishli soʻrovlarni yuborgan.
27-yanvar kuni Human.uz va Sof.uz sayti direktori Xurshid Daliyev, saytlarning bosh muharriri Muslim Mirzajonov hibsga olindi.
“Markaz” Telegram kanalining ishonchli manbalarga tayanib xabar berishicha, jurnalistlar “Kompromatuzb” kanali adminstratorlari hisoblanishadi.
Bundan tashqari, ushbu kanal adminstratorlari orasida boshqa tashkilot vakillari ham borligi aytilmoqda. Ularning shaxsi hozircha nomaʼlumligi aytilmoqda.
Tasdiqlanmagan xabarlarga koʻra, ushbu kanalni yurituvchi shaxslar tovlamachilik, soliqqa oid jinoyatlarini sodir etish va boshqa shu kabi iqtisodiy jinoyatlarda ayblanmoqda.


Nashr ofisi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Quyi Chirchiq tumani boʻlimi tomonidan muhrlangan. Human.uz sayti hozirda blokka tushurilgan.
AOKA bayonoti

Ijtimoiy tarmoq va veb-saytlarda bugun, 27-yanvar kuni human.uz internet-nashri direktori, bosh muharriri va boshqa xodimlarini oʻzini “organ xodimlari” deb tanishtirgan kishilar tomonidan internet-nashrning ofisidan olib ketilgani, shuningdek, mazkur veb-sayt ishlamayotgani bilan bogʻliq xabarlar tarqaldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Raqamli texnologiyalar vazirligiga tegishli soʻrovlarni yubordi.
Aniqlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqarolardan ushbu internet-nashrda ishlovchi xodimlar bilan bogʻliq murojaatlar kelib tushgan. Ularga asosan Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uyda tezkor tadbir tashkil etilgan. Tez orada batafsil maʼlumot berilishi taʼkidlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligining maʼlumotiga koʻra, human.uz veb-sayti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi Reyestriga kiritilmagan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida undan foydalanilishiga cheklov qoʻyilmagan.
AOKA huquqni muhofaza qiluvchi organlarini human.uz internet-nashri xodimlari bilan bogʻliq vaziyatda amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishiga hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklari taʼminlanishiga chaqiradi.
Mass-media munosabati...

Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Human.uz internet nashri jurnalistlarining qoʻlga olinishi bilan bogʻliq vaziyatdan xavotirda.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu masala boʻyicha izoh berilishini kutamiz hamda jurnalistlar xavfsizligi, shunindek, ularning professional faoliyatiga qonuniy munosabatda boʻlinishi taʼminlanishini soʻraymiz.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir