So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Prezidentlar huzurida 20 dan ortiq ikki tomonlama hujjat almashinildi
Ikki mamlakat oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolanganidan soʻng, qoʻshni davlatlar oʻrtasida hujjatlar almashinuv marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi doirasida davlat rahbarlari huzurida 20 dan ortiq ikki tomonlama hujjatlar almashinildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Dastlab, Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolandi. Shundan soʻng, prezidentlar huzurida hujjat almashinuv marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston prezidentining Qirgʻizistonga davlat tashrifi doirasida almashinilgan ikki tomonlama hujjatlar:
1. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisida Deklaratsiya;
2. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almashish toʻgʻrisida Bayonnoma;
3. Oʻzbekiston hukumati va Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish toʻgʻrisida Bitim;
4. 2006-yil 3-oktyabrda imzolangan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumatlari oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma;
5. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida Qirgʻiziston Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
6. 2017-yil 6-sentyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirgʻiziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlarining vakolatli vakillari Kengashini tashkil etish toʻgʻrisida Anglashuv memorandumiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma;
7. Oʻzbekiston hukumati va Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida strategik savdo-iqtisodiy sheriklik toʻgʻrisida 2023-2025-yillarga moʻljallangan dastur;
8. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati oʻrtasida oʻzaro savdoda bojxona statistikasi maʼlumotlarini almashishda hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida Bayonnoma;
10. Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi bilan Qirgʻiziston Davlat bojxona xizmati oʻrtasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan shubhali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni oldini olish, aniqlash va toʻxtatish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bayonnoma;
11. Oʻzbekiston energetikaa vazirligi va Qirgʻiziston energetika vazirligi oʻrtasida energetika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
12. Oʻzbekiston energetikaa vazirligi va Qirgʻiziston energetika vazirligi oʻrtasida koʻmir sanoatida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Bitim;
13. Oʻzbekiston energetika vazirligi va Qirgʻiziston energetika vazirligi oʻrtasida “Chotqol” GES kasakadi qurilishi boʻyicha Anglashuv memorandumi;
14. Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Qirgʻiziston Iqtisodiyot va tijorat vazirligi oʻrtasida sanoatning ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
15. Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi v Qirgʻiziston prezidenti huzuridagi Investiyalar milliy agentligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
16. Oʻzbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi va Qirgʻiziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
17. Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi intellektual mulk va innvatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
18. Oʻzbekiston va Qirgʻizston oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligini keng nishonlash boʻyicha qoʻshma tadbirlar Rejasi;
19. Oʻzbekistonning Jizzax viloyati hokimiyati bilan Qirgʻiziston prezidentining Issiqkoʻl viloyatidagi vakolatli vakili apparati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida Bitim;
20. Oʻzbekistonning Andijon viloyati va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati oʻrtasida hamkorlikning kengaytirish 2023-2025-yillarga moʻlajallangan kompleks Dastur (“Yoʻl xaritasi”);
21. Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati va Qirgʻizistonning Botken viloyati administratsiyasi oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2025-yillarga moʻljallangan Kompleks dastur (“Yoʻl xaritasi”);
22. Oʻzbekistonning Namangan viloyati va Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2025-yillarga moʻlajallangan kompleks Dastur (“Yoʻl xaritasi”);
23. Oʻzbekistonning Jizzax viloyati va Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023-2025-yillarga moʻlajallangan kompleks Dastur (“Yoʻl xaritasi”);
24. “Oʻzeltexsanoat” AJ bilan Qirgʻiziston energetika vazirligi oʻrtasida Anglashuv memorandumi;
25. “Bahodir Logʻon Tekstil” MCHJ bilan Qirgʻiziston prezidentining Norin viloyatidagi vakolatli vakili apparati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum.