So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Qirgʻiziston — bizning vaqt bilan sinalgan doʻstimizdir” — Prezident
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari vanihoyat chegara masalasiga nuqta qoʻyishdi.

Bishkekdagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov tor doirada uchrashuv oʻtkazdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, uchrashuv boshida Shavkat Mirziyoyev taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, keyingi ikki yilda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligi juda samarali rivojlanganini qayd etgan.

“Qirgʻiziston bizning muhim strategik hamkorimiz, eng yaqin qoʻshnimiz va vaqt bilan sinalgan doʻstimizdir
”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tor doirada boʻlib oʻtgan suhbatda eng asosiy masala koʻtarildi, yaʼni ikki davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasining delimitatsiyasi yakuniga yetkazilgani tarixiy voqea boʻlganini taʼkidlashgan.

“Bugun biz qirgʻiz-oʻzbek chegarasini delimitatsiya qilishni yakunlayapmiz. Bu haqiqatan ham tarixiy voqea. Biz muloqotga va oʻzaro maqbul yechimlarni izlashga tayyorligimizni namoyish etdik. Ishonchim komilki, chegaralar masalasiga chek qoʻyib, biz kelajak avlodlarimiz kamolotiga mustahkam poydevor qoʻyamiz
”, — dedi Japarov.
Muzokaralarda ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Statistikaga koʻra, Oʻzbekiston rahbari keyingi yillarda oʻzaro savdo hajmi yetti barobarga koʻpayganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Oʻtgan yilning oʻzida tovar ayirboshlash 30 foizga oshib, 1,3 milliard dollarga yetgan.

Shundan kelib chiqib, Ikki mamlakat hukumatlariga savdo hajmini yanada oshirish va oʻzaro mahsulot yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish yuzasidan birgalikda ishlash boʻyicha topshiriq berildi.
Sanoat, toʻqimachilik, energetika, kon va qishloq xoʻjaligi sohalarida yangi qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Shu maqsadda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot fondining salohiyati yanada faol ishga solinadi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy tuzilmalar va xalqaro muloqot maydonlari doirasidagi hamkorlikni, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik, zamonaviy xatar va tahdidlarga samarali qarshi kurashish masalalarini ham muhokama qildilar.
“Tomonlar koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirishga intilishini tasdiqladilar
”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, “Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” biznes-forumida ikki mamlakat oʻrtasida 1,6 mlrd. dollarlik 10 dan ortiq hujjat imzolandi.



