So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Zoyir Mirzayev bir qator masʼullarni ishdan boʻshatdi
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda oʻz ishiga “panja” ortidan qaragan masʼullar lavozimidan ayrildi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishda yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun bir qator masʼullarni lavozimijan ozod qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hokim raisligida Piskent tumanini 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2023-yilgi rejalar xususida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Miryunusov, Tadbirkorlarga koʻmaklashish markazi rahbari S.Qoʻchqorxoʻjayev, Bandlikka koʻmaklashish markazi rahbari O.Buxorov vazifasidan ozod etilgan.
Bu mutasaddilarga quyi tizimda — mahallada ishlash, xususan, eng sharoiti ogʻir mahallalarda hokim yordamchisi lavozimida faoliyatini davom ettirish tavsiya qilingan.
Bundan tashqari, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.Tulepov 3 oy sinov muddati bilan lavozimida “vazifa bajaruvchi” maqomida qoldirilgan. Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi B.Rahmonberdiyev yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilgan.
"<em>Mashhur mutafakkirning “Kimgadir nafim tegmagan kunni umrim hisobiga qoʻsha olmayman” degan soʻzlari har bir rahbarning yodiga muhrlanishi kerak. </em>
<em>Ayniqsa, Piskent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2023-yilgi rejalar ijrosini soʻzsiz taʼminlashimiz shart</em>", – degan Zoyir Mirzayev majlis yakunida.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir