So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Jizzaxda suv pulga sotilyaptimi?
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ oʻzining munosabatida suv haqiqatdan ham pulga sotilyapganini tasdiqladi. Biroq...
Effect.uzʻning YouTube tarmogʻida “Jizzaxda suv pulga sotilyaptimi” sarlavhasi ostida video eʼlon qilindi.
Ushbu videoda Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Manas” MFY fuqarolarga tarqatilayotgan ichimlik suvi 40 litr uchun 5 ming soʻmga sotilayotgani koʻrsatilgan. Fuqarolarning norozichiligiga sabab boʻlgan voqeaga “Oʻzsuvtaʼminot” AJ matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda taʼkidlanishicha, ushbu hudud aholisi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Va bu yerda yashovchi fuqarolar foydalanilgan uchun suvi belgilangan tarif asosida toʻlovlarni amalga oshirib kelgan.
Oʻzbekistonda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoitida ayrim aholi xonadonlaridagi ichki tarmoqlar muzlab qolgan.
“Ichki tarmoqlarning muzlab qolishining oldini olish chorasini koʻrish isteʼmolchining oʻz majburiyatidir. </em>
<em>Bu isteʼmolchi va suv taʼminoti korxonasi oʻrtasida tuziladigan shartnomada ham belgilab oʻtilgan.
Biroq, shunday sharoitda aholi suvsiz qolmasligi uchun suv taʼminoti xodimlari amaliy yordam sifatida ichimlik suvini maxsus transport vositalari yordamida yetkazib bermoqda
”, – deyiladi munosabatda.
Maʼlum boʻlishicha, maxsus suv tashuvchi transport vositalari yordamida yetkazib berilayotgan ichimlik suvini ishlab chiqarish hamda uni yetkazib berish uchun sarflanadigan yoqilgʻi xarajatlarini inobatga olib, “Jizzax suv taʼminoti” MCHJning hisob-kitoblariga asosan maxsus suv tashuvchi transport vositalarida yetkazib berilayotgan 1 litr suvning narxi 25 soʻm etib belgilangan.
Suv taʼminoti xodimi sizdan yetkazib berilgan ichimlik suvi uchun ortiqcha pul talab qilgan holda yohud korrupsiya bilan bogʻliq boshqa holatlarda quyidagi telefon raqamlari va elektron manzillarga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
“Oʻzsuvtaʼminot” AJning yagona koll-markazi: 12-55
+99855-503-10-55 raqamli “ishonch telefoni”;
[email protected] “elektron pochtasi”;
@UzsuvAnticorruptionBot “telegram boti”;



