So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda vahshiy jinoyatga qoʻl urgan shaxs qoʻlga olindi
Qotillikda gumonlanayotgan shaxs 62 yoshli ayol va u bilan yashayotgan talaba qizni qasddan oʻldirganlikda ayblanmoqda.
Andijonda sodir etilgan qotillik jinoyatini fosh etish borasida tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari olib borildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov.
Aniqlanishicha, 25-yanvar kuni soat 18.30 larda 30 yoshli erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini toʻlash uchun qarzga pul soʻragan va ammasidan rad javobini olgan.
Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablagʻlarini qoʻlga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisining qizi) ni xoʻjalik pichogʻi bilan qasddan oʻldirgan. Shundan soʻng, u xonadonda boʻlgan 7 mln. soʻm pulni qoʻlga kiritib, voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.