So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Surxondaryoda Patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisi 305 mln soʻmni “tuya” qildi
U ishdan boʻshagan xodimga bir necha yil davomida ish haqi hisoblab kelgan.
Surxondaryo viloyati patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisining talon-torojligi fosh boʻldi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Qayd etilishicha, viloyat Patologikanatomiya byurosi bosh hisobchisi I.M. 2019-yilning yanvar oyida ishdan boʻshab ketgan G.P.ning nomiga 2019-2022-yillar davomida ish haqi hisoblab jami 305,8 mln soʻmni oʻzlashtirganligi aniqlanib, fuqaro G.P.ning nomiga ochilgan plastik karta ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.