So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Qirgʻiziston Shavkat Mirziyoyevni qanday kutib oldi?
Qoʻshni davlat Oʻzbekiston prezidentining davlat tashrifiga jiddiy tayyorgarlik koʻrgan. Xususan Qirgʻiziston tomoni xavfsizlikka qattiq eʼtibor qaratgan. Mirziyoyevning kelishi munosabati bilan Bishkekda bir nechta yoʻllar yopilgan va shaharda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyevabilan birga davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga tashrif buyurdi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Manas” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.
Sputnikʻning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyevning kelishi munosabati bilan Qirgʻiziston xavfsizlikka qattiq eʼtibor qaratgan.
Xususan Respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan:
postlar va patrul-post yoʻnalishlari joylashtirilgan;
kuchaytirilgan profilaktika amalga oshirilgan;
poytaxtda IIB shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan rejimga oʻtgan;
militsiya tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni alohida nazoratga olufy;
yoʻllarning ayrim qismlarida transport harakati cheklangan.
Ana endi tashrifning asosiy qismiga oʻtsak, davlat rahbarlariga Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlikni tarannum etuvchi musiqiy-folklor chiqishlar namoyish etildi.
Soʻngra Prezidentlar Qirgʻiziston Bosh vaziri Akilbek Japarov hamrohligida “Ata-Beyit” milliy tarixiy-yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari 1916-yilgi fojiali voqealarning qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan “Urkun” yodgorligi poyiga gul qoʻydi.
Qayd etish kerak, ushbu majmua 2000-yilda qirgʻiz davlatchiligining eng muhim bosqichlari haqidagi tarixiy xotirani tiklash va asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan.
Qirgʻiz xalqining ulugʻ yozuvchisi Chingiz Aytmatov taklifi bilan yodgorlikka “Ata-Beyit” – “Otalar qabri” degan nom berilgan. Davlat tashrifining asosiy tadbirlari ertaga, 27-yanvar kuniga moʻljallangan.



