So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda 62 yoshli ayol hamda uning jiyani oʻldirilib ketildi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyatida 62 yoshli ayol va hamda uning jiyani nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻldirilib ketildi. Bu haqda Effect.uzʻga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 25-yanvar kuni 15:40 larda Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani, “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasi, “Obod” koʻchasi, 1-uyning hovlisida, ayol K.A. (1960-y.t., nafaqada) va jiyani S.K.larning (ayol, 2005-y.t., talaba) murdalari qotillik alomatlari bilan topilgan.
Shu yilning 25-yanvar kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Hozirda malakali xodimlardan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari koʻrilmoqda”, — deyiladi xabarda.