So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tarixiy voqea! Surxondaryoning 13 ta tumanida yangi hokimlar ish boshladi
Surxon diyoriga yaqinda hokim boʻlib qaytgan Ulugʻbek Qosimov barcha tuman hokimlarini yoppasiga ishdan boʻshatib, ular oʻrniga sobiq hamkasblari va yuqori lavozimda ishlovchi amaldorlarni olib keldi.
25-yanvar kuni Surxondaryo viloyatining 13 ta tumanida, xususan Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod va Shoʻrchi tumanlari Xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda viloyat matbuot xizmati.


Tuman Kengashlari sessiyasi ishida Prezident Adminstratsiyasi masʼullari, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, deputatlar, viloyat va tumanlar hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan navbatdan tashqari sessiyalarda tashkiliy masala koʻrilib, quyidagi tumanlarga:
Angor tumaniga Mardonov Qosim Esonovich;
Bandixon tumaniga Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich;
Boysun tumaniga Shukurov Boxadir Shoturayevich;
Denov tumaniga Abrorov Ilxom Ibraximovich;
Jarqoʻrgʻon tumaniga Avazov Elʼmurod Roʻzimurodovich;
Qiziriq tumaniga Rajabov Sherzod Abdimuratovich;
Muzrabot tumaniga Ismailov Abdurashid Hudayarovich;
Oltinsoy tumaniga Maxmatrayemov Baxrom Omonovich;
Sariosiyo tumaniga Donayev Abduqodir Haydarovich;
Termiz tumaniga Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevich;
Uzun tumaniga Bozorov Xabibulla Sherdanakulovich;
Sherobod tumaniga Xalilov Zaynobiddin Jalolitdinovich;
Shoʻrchi tumaniga Zokirov Ulugʻbek Xurramovich hokim etib tasdiqlandi.


“Yangi tasdiqlangan hokimlar atrofida birlashib, har bir tuman oʻzining rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish boʻyicha belgilab olingan dasturlari ijrosini taʼminlash yoʻlida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi lozimligi aytib oʻtildi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir