So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sensatsiya! Surxondaryoda yana ikki nafar hokim lavozimidan ozod etildi
Ishdan boʻshatilgan amaldorlar oʻrnini Hisob palatasining shoʻba mudiri va Denov tumani hokimi egalladi.
Surxondaryo viloyatida barcha tuman hokimlari almashtirildi, viloyatning yangi hokimi Ulugʻbek Qosimov “chirib” qolgan daraxtlar oʻrniga yangi “nihollar” ekdi.
Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Oʻtkir Choriyev vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich tasdiqlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Abdumalik Allamurodov 1977-yil 17-aprelda Termiz tumanida tugʻilgan. 1998-yil Termiz davlat universitetini, 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos.
A.Allamurodov 2000-2022-yillarda Adliya, Prokuratura, Ichki ishlar organlari, Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Davlatov Ziyadulla Oʻroqovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Xalilov Zaynobiddin Jalolitdinovich tasdiqlandi.
Zaynobiddin Xalilov 1973-yil 19-iyunda Sariosiyo tumanida tugʻilgan. 1995-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2006-yil Termiz davlat universitetini tugatgan.
Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi gidrotexnika qurilishi, iqtisodchi. Z.Xalilov 2006-2022-yillarda monopoliya, qurilish vazirligi, raqobat qoʻmitasi, hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Hisob palatasining shoʻba mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir