So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda maktab oʻquvchilari oʻrtasida “tolpa” boʻldi
Ularning tan jarohati olgan olmaganliklarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab oʻquvchilari guruh, guruh boʻlib mushtlashayotgani aks etgan videolavha eʼlon qilindi. Tarmoqlarda muhokama qilingan xabarga viloyat IIB munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, internetda “aylangan” videodagi holat bugun, 25-yanvar kuni Qorovulbozor tumanidagi sport majmuasida boʻlib oʻtgan.
Mazkur hodisa Qorovulbozor tumani IIB da belgilangan tartibda qayddan oʻtkazilib, masʼul xodimlar tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tekshiruv natijalariga koʻra, ushbu holat Qorovulbozor tumanidagi 8-sonli umumtaʼlim maktabining 8 va 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida sodir boʻlgan.
Hozirda hodisa ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilgan boʻlib, tashqi tomondan bolalarning birortasida tan jarohati alomatlari mavjud emas.
Ularning tan jarohati olgan olmaganliklarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi va tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
“Tekshiruv yakuni boʻyicha holat ishtirokchilarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilib, belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi”, — deyiladi xabarda.