So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oltinsoy va Boysun tumanlariga hokim tayinlandi
Ulugʻbek Qosimov eski hokimlarni ishdan boʻshatishda davom etmoqda.
Surxondaryo viloyatida hokimlar tayinlovi davom etmoqda. Bu safar Oltinsoy va Boysun tumanlariga hokim tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqilgan.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Djumayev vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Maxmatrayemov Baxrom Omonovich tasdiqlandi.
Baxrom Maxmatrayemov 1974-yil 7-iyunda Denov tumanida tugʻilgan. 2000-yil Termiz davlat universiteti, 2006-yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi avtotransport korxonalari menejeri, soliqlar va soliqqa tortish.
Baxrom Maxmatrayemov 1996-2021-yillarda Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021-yildan buyon Kinematografiya agentligi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Boysun tumanida ham boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Asqarali Joʻrayev ishdan boʻshatildi. Tuman hokimi lavozimiga Shukurov Boxadir Shoturayevich tasdiqlandi.
Boxadir Shukurov — 1973-yil 1-yanvarda Boysun tumanida tugʻilgan. 1995-yil Toshkent davlat universiteti, 2004-yil Toshkent davlat yuridik instituti, 2006-yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi fizik, huquqshunos.
B.Shukurov 1994-2022-yillarda Ekologiya davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Vazirlar Mahkamasining Ekologik nazorat boʻlimi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir