So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Surxonning yana ikkita tumaniga hokim tayinlandi
Qosimov Sariosiyo tumanini yana bir sobiq hamkasbiga ishonib topshirdi, Denovga esa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan Ilxom Abrorov hokim etib tayinlandi.
.jpg)
Bugun Surxondaryo viloyatida tayinlovlar kuni boʻldi, yaqinda viloyat hokimi etib tayinlangan Ulugʻbek Qosimov “eski tizim”da ishlagan tuman hokimlarini ishdan boʻshatib, ular oʻrniga yangisini tayinlamoqda.
Xususan, 5 ta tumanga hokim tayinlangandan keyin Denov va Sariosiyoga yangi hokimlar tayinlandi. Xalq deputatlari Denov tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdumalik Allamurodov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Abrorov Ilxom Ibraximovich tasdiqlandi.
Ilxom Abrorov 1971-yil 3-iyulda Denov tumanida tugʻilgan. 1995-yil Tojikiston davlat universiteti, 2008-yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi buxgalteriya hisobi, davlat va jamiyat qurilishi.
I.Abrorov 1997-2020-yillarda mahalliy hokimliklar va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020-yildan buyon Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tayinlov masalasi muhokama qilindi.
Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdisalom Xoʻjaqulov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Donayev Abduqodir Haydarovich tasdiqlandi.
Abduqodir Donayev 1981-yil 8-avgustda Muzrabot tumanida tugʻilgan. 2005-yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi huquqshunos.
A.Donayev 2005-2022-yillarda Prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.



