So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
IIO tizimida uzoq yil ishlagan Bozorov Uzun tumaniga hokim boʻldi
Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxrom Tursunov vazifasidan ozod etildi. Biroq uning nima sababdan ishdan olingani ommaga maʼlum qilinmagan.

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi, deb xabar bermoqda Surxondaryo viloyati matbuot
Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Tursunov Baxrom Boboxonovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Bozorov Xabibulla Sherdanakulovich tasdiqlandi.
Xabibulla Bozorov 1980-yil 3-aprelda Angor tumanida tugʻilgan. 2003-yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi huquqshunos. Xabibulla Bozorov 2003-2022-yillarda Ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022-yildan buyon Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining 5 ta tumaniga yangi hokimlar tayinlangan edi.



