So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Energetika vazirligi “Gazprom” bilan imzolangan “maxfiy” bitim yuzasidan bayonot berdi
Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yoʻq.
Energetika vazirligi kecha, 24-yanvar kuni “Gazprom” kompaniyasi bilan imzolangan gaz sohasidagi hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi” yuzasidan bayonot berdi.
Maʼlum qilinishicha, tomonlar oʻrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi “Oʻrta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik chora-tadbirlarni oʻrganishga kelishib olgan.
Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʻng, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha asosiy shartlar muhokama qilinishi aytildi.
Vazirlikning taʼkidlashicha, olib borilgan muzokaralar hamda “Yoʻl xaritasi”da Oʻzbekiston Respublikasining mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini toʻliq saqlagan holda (boshqaruv huquqini toʻliq saqlagan holda) ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yoʻq.
"Kelgusida ushbu yoʻnalishdagi barcha ishlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini toʻliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir